Biz haqimizda
Les Ailesdan qanotbaxsh lazzat! Agarda Les Ailes tarmog'ining yaratilish tarixi mavjud bo'lmaganda edi, uni albatta o'ylab topishga to'g'ri kelardi. Bu xalq muhabbati bilan uzviy bog'langan, milliy gastronomik an'analar va ilg'or Yevropa texnologiyalariga hurmat bilan munosabatda bo'ladigan tijorat muvaffaqiyatining ajoyib namunasidir. Les Ailes - bu shunchaki tez ovqatlanish tarmog'i emas. Aksincha, u bugungi kunda aql bovar qilmas darajada urf bo'lgan tez ovqatlanish tarmog'ining uyg'unlashuvi - tez va sog'lom ovqatlanishga mo'ljallangan kafelardandir.
Les Ailes fransuzcha “qanotlar” degan ma'noni anglatadi va “liz el” tarzida talaffuz qilinadi. Ammo brend yaralishining ilk kunlaridanoq mehmonlar tomonidan shunchalik mehr bilan qarshilandiki, u darhol “Les Ailes”ga aylandi. Qanotbaxsh muvaffaqiyat ramziga aylangan Lesga maxsus qoplamali shirin tovuqchalarni iste'mol qilish uchun butun oila bo'lib yoki do'stlar bilan tashrif buyurishadi.
Asosiy taomnomasi tayyor ovqatlardan iborat bo'lgan restoranlardan farqli o'laroq, Les Ailesda hammasi ancha murakkab: bu yerda yarim tayyor mahsulotlardan ovqat tayyorlanadi, ya'ni pishirish jarayoni uzoqroq davom etadi. Bu esa mahsulotlarning tabiiy sarxilligini va ta'mlarning mutlaq haqiqiyligini kafolatlaydi.
Tovuq qanotlari, naggetslar, sharchalar va stripslar, chiken cheese, burgerlar, longerlar, sabzavotli salatlar, sirniklar, sho'rva va shirinliklar - Les Ailesda taqdim etiladigan hamma narsa dunyo bo'ylab ko'plab sayohatlar, turli xil oshxonalar bilan tanishish, birinchi darajali mahsulotlarni tanlash, ishonchli yetkazib beruvchilar, noyob mualliflik retseptlari natijasidir.
Les Ailes tarmog'ining tijoriy muvaffaqiyati va mehmonlarning sodiqligi raqamlarda yorqin ifodalangan. 10 yillik faoliyat davomida tarmoqning 28 ta shoxobchasi ochildi. Les Ailes O'zbekistonda birinchi bo'lib yetkazib berish xizmati uchun telegram-bot yaratgan tarmoqdir. Bunday avtomatlashtirish bugungi kunda kuniga mingga yaqin buyurtmani bajarishga imkon beradi.